<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><author>Ravshan Xizirov</author>
<lyrics>[C1]
   Sevgi bering, sevgi qolar
   Sevgini hech qilmang kanda
   Kim kimdandir qasdin olar
   Qasd oladi gʻofil banda.

[V1]
 Men Siz uchun ibodatda
 Yigʻlab, kuydim Xudo bildi.
 Kimdir yashar jaholatda,
 Bir soʻz bilan bagʻrim tildi.

[V2]
 Yukim ogʻir, karvon boʻldim
 It xuradi, oʻtar karvon.
 Oʻlsam dunyo uchun oʻldim
 Jannatlarni koʻzlab bu on.

[V3]
 Maysa unar, maysa soʻlar
 Qadrsizmi shuncha umr.
 Paymonam ham bir kun toʻlar.
 Rabbim bilan bordir huzur.

[V4]
 Sevgi qolar, sevgi qolar
 Soʻngi soʻzim, sevgi albat
 Jannatlarga olib kirar
 Unutmanglar Sevgi faqat!</lyrics>
<title>Sevgi bering (anʼanaviy)</title>
</song>